Bugun respublika bo‘yicha beqaror ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Hududning katta qismida nisbatan iliq harorat fonida biroz yomg‘ir yog‘adi. Faqat respublikaning shimoliy hududlarida va Surxondaryo viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati 13-18° iliqni tashkil etadi.
9-11 oktabrda O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizi orqali Rossiya Yevropa qismining (Moskva viloyati) ustida shakllangan sovuq va nam havo massalari kirib keladi.
Havo harorati 10-12° ga pasayishi kutilmoqda.