19 dekabrda respublikaning shimolida va cho‘l hududlarida,
20 dekabrda markaziy viloyatlarda va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida, shuningdek, dekabr oyining oxirgi besh kunlik ayrim kunlarida respublika bo‘yicha ba’zi joylarda (1-2 kun) yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin.
Havo harorati 18 dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi
5-10° iliq, 19-20 dekabrda kechasi 3° sovuq-2° iliq bo‘ladi, kunduzi
0-5° iliqqacha pasayadi.
21-31 dekabrda harorat kechalari 0-5° iliqdan 3-8° sovuqqacha, kunduz kunlari 0-5° iliqdan 7-12° iliqqacha, shimolda kechalari 0-5° sovuqdan 10-15° sovuqqacha, kunduz kunlari 0-5° iliqdan 2-7° sovuqqacha o‘zgarib turishi kutilmoqda.
Oylik ob-havo prognozlari muntazam ravishda 2-6 kunlik prognozlar bilan yangilanib boriladi.







