22 noyabrda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatlarida, 23 noyabrda Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi.
22-23 noyabrda respublikaning togʻli hududlarida yogʻingarchilik (yomgʻir, qor), baʼzi joylarda kuchli boʻladi.
Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, 22-25 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi.
Havo harorati kunduz kunlari 10-15 darajagacha, kechalari 3-6 daraja iliqqacha pasayadi, shimolda 1-3 daraja sovuqqacha bo‘lishi mumkin.
22-23 noyabrda respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
23 NOYABR OB-HAVO PROGNOZI
22 noyabr soat 20 dan 23 noyabr soat 20 gacha
TOSHKENT SHAHRI
Havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab yomg’ir yog’adi, tuman tushshi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g’arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-7° iliq, kunduzi 11-13° iliq bo‘ladi.
QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushshi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5°iliq, ba’zi joylarda 1-3° sovuqgacha bo’lishi mumkin, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushshi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8° iliq, cho’l hududlarda 0-2° sovuqgacha, kunduzi 11-16° iliq bo‘ladi.
TOSHKENT VILOYATI
Havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab yomg’ir yog’adi. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushshi mumkin. G’arbiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.
SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushshi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.
QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushshi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, kechasi va kunning birinchi yarmida ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, 22-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 12-17° iliq bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG’ OLDI VA TOG’LI HUDUDLARI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik (yomg’ir, qor) ba’zi joylarda kuchli bo’ladi, tuman tushadi. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.







