O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati agentligi

HAFTANING IKKINCHI YARMIDA HAVO HARORATI PASAYISHI KUTILMOQDA

HAFTANING IKKINCHI YARMIDA HAVO HARORATI PASAYISHI KUTILMOQDA

HAFTANING IKKINCHI YARMIDA HAVO HARORATI PASAYISHI KUTILMOQDA

Bugun va ertaga O‘zbekiston aholisini havo harorati 34-39° atrofida bo‘lgan iliq va quruq ob-havo quvontiradi.

8 sentyabrda respublika shimoliga antitsiklon kirib kelishi boshlanadi, antitsiklon Volga bo‘yi hududlaridan salqin havoni olib keladi. 9-10 sentyabrda salqin havo massasi O‘zbekistonning barcha hududlarini qamrab oladi.

Respublika bo‘yicha asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. 8 sentyabr, chorshanba kuni respublika hududining ko‘p qismida harorat 32-37° bo‘lgan iliq ob-havo saqlanib turadi, faqat shimoliy viloyatlarda harorat 25-30° gacha pasayadi.

9-10 sentyabrda O‘zbekistonning barcha hududlarida havo salqinlashadi. Juma kuniga kelib, havo harorati kechalari va erta togda 12-17° gacha, kunduz kunlari 23-28° gacha pasayadi, bu o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan 2-4° ga pastdir.

8-10 sentyabrda havo massasining o‘zgarishi O‘zbekistonning ko‘pchilik viloyatlarida  shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi bilan kuzatiladi.

6-7 sentyabrda respublikaning shimoliy va cho‘l hududlari bo‘yicha shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.